Badiiy grafika fakulteti 

dekani Barot Azimov

  

     Barot Azimov  1950 yilda Buxoro shaxrida tug’ilgan.1973 yilda Buxoro Davlat pedagogika instituti Badiiy grafika fakultetiga o’qishga kirdi. Shu fakultetni 1977 yilda a’lo bitirib, tasviriy san’at kafedrasi o’qituvchisi sifatida ishga qoldirildi. Talabalik davrida  B.Azimov o’zini iktidorli , faol talaba sifatida namoyish etdi. Fakultet yoshlari ijtimoiy harakati raxbari vazifasida ishladi, kurilish otryadi boshlig’i bo’lib katta muvaffaqiyatlarga erishdi va davlat tomonidan “Xurmat belgisi ” nishoni bilan taqdirlandi.

         1984 yildan 1986 yilgacha “Tasviriy san’at” kafedrasi mudiri bo’lib tayinlandi. 1986 yildan 1988 yilgacha institutning tadbirkorlik ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishladi. 1988 yildan 1992 yilgacha Moskva davlat pedagogika universitetida tadqiqotchi sifatida ilmiy ish safariga yuborildi.

         1991 yil 21 martda ilmiy dessertatsiyasini muvvakiyatli himoya qilib keldi. 1992 yildan 1998 yilgacha tasviriy san’at kafedrasi mudiri  lavozimiga saylandi. 1999 yil 16 noyabrdan badiiy grafika  fakulteti dekani etib tayinlandi. B. Azimov darslarni yukori ilmiy darajada o’tkazadi, ilmiy ijodiy ishlar bilan faol shug’ullanmoqda. Hozirgacha 25 dan ortiq maqola chop etgan, mutaxasislik fanlaridan 4 ta o’quv qo’llanma chiqardi. Uzok yillar davomida Viloyat, Respublika ko’rgazmalarida uz ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

Hosted by uCoz