Äåźąķ

 

 

 

 

 “Parametrlari o’zgaruvchan muhitlardan solitonlarning evolyutsiyasi” mavzuidagi ilmiy-loyiha o’zbekiston Respublikasi FTDK

1930 yilda Buxoro Davlat oliy pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida dastlab fizika-matematika, kimyo-biologiya, tarix-jamiyatshunoslik va filologiya bo’limlari mavjud bo’lgan. Dastlabki yili oliygoxda 45 ta talaba ta’lim oldi. Turli yillarda bu oliy o’quv dargoxida M.N.Raxmatov, J.N. Namozov, N.I.Jabborov,  V.A.Mo’minov, F.X.qosimovlar raxbarlik qildilar. Hozirgi kunda o’zbekiston Respublikasi FA akademigi K.M.Muqinov boshkarmoqda.

          Fizika-matematika fakultetida “Hisoblash matematikasi         va   informatika”, “Matematika” , “Matematik tahlil”, “Umumiy fizika”, “Nazariy fizika va elektronika”. Kasb-hunar ta’limi kabi 6 ta kafedra mavjud. Fakultet talabalariga 5 professor, 26 dotsent, 10 dan ortiq katta o’qituvchi fan sirlarini o’rganib kelmoqda.

            Fakultetda observatoriya, yadro fizikasi, optika, molekulyar fizika, radiotexnika , issikliq fizikasi, fizika o’qitish uslubiyoti, tikish-bichish labaratoriya xonalari, talabalar konstruktorlik byurosi faoliyat ko’rsatmokda.

         Kutubxona, qiroatxona, sport inshootlari, oshxona, maishiy xizmat xonalari, yotoqxona , fotostudiya, katta yig’ingox talabalar xizmatida.

            Talabalarga o’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi

K. Muqimov, professorlardan YU.N.YOqubov, Z.SH.Jumayev, R.J.Aloyev, P.X.Musayev, dotsentlar: T.Jo’rayev, S.qahhorov, K.Mo’minov, SH.Mirzoyev, H.Axmedov,  J .Ramizov,  D.Muxammedova, O.Shodiyev, Z.Toirov, I. Karimov, I.Raxmatov, N.Turayeva K.qurbanovlar ta’lim berib kelmoqdalar.

         Nazariy fizika va elektronika kafedrasi mudiri M.R.Jumayev o’zbkiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining grantini olishga sazovor bo’ldi . M.Jumayev Respublika talantli yosh o’qituvchilar “Ustoz” jamg’armasining g’olibi. Professor- o’qituvchilarimizdan prof. K.Muqimov, prof. YU.YOqubov,  M.Nazarov,  dots. SH.Mirzoyev, dots. S.qahhorov, dots. T.Jo’rayev , dots. M.Jumayev, S.Boltayevlar ilmiy tadqiqot ishlari uchun avtorlik guvohnomasi olishdi.

 

         Fakultetimiz talabalardan Elov Botir “Ulug’bek”, Kenjayeva Olga , Chernova Irina , Ro’ziyev Oybek , Odilova Ra’no, Xamroyeva Ra’nolar arboblar nomidagi imtiyozli stipendiya nomzodlaridir.

         3-kurs talabasi Suxrob Mamedov “Umid” jamg’armasi g’olibi sifatida AqShga o’qishga yuborildi. Hozir u Kaliforniya shtatidagi Drestel universitetida o’qimokda.

         Fakultetni tashkil etishda va u erishgan muvaffakiyatlarda talaygina o’qituvchilarimizning munosib xizmatlari bor. M.N.Raxmatov, G.N.Chupse, U.qaziyev, J.N.Namozov, X.Malin, K.Boybo’tayev, V.A.Mo’minov, B.K.Halimzoda, I.X.Sholomov, S.Davidova, M.Xakimov, B.M.Ochilov, O.qahhorov, B.Sharipov, M.X.Ten, K.Nosirov, R.M.Shukurova, J.Yodgorova, N.Xoliqovalarni hurmat bilan eslaymiz.

         Nazariy fizika va elektronika kafedrasi Buxoro Davlat universiteti Ilmiy kengashining 1997 yil 11 avgustdagi qaroriga binoan tashkil etilgan.

         Hozirgi kunda kafedrada 2ta fan doktori va 4ta fan nomzodi ishlab kelmoqda. Kafedra qoshida “Radioelektronika” va “qattik jismlar spektroskopiyasi” kabi o’quv laboratoriyalari talabalarga tadqiqot usullarini egallash imkoniyatini beradi.

         Kafedrada fizikaning zamonaviy qo’yidagi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda :

Magnitooptika.

qattiq jismlar fizikasi.

Nochi zigiy jarayonlar fizikasi.

Gemofizika.

1998-2000 yillarga mo’ljallangan grantini olishga sazovor bo’ldi. Kafedrada ko’plab ilmiy anjumanlar o’tkazilib kelinadi. “Nazariy fizika va qattiq jismlar fizikasining muammolari” -1997 y., “Magnetizm bo’yicha xalqaro seminar” - 1997 y., “Yadro fizikasining hozirgi zamon muammolari ” - 1999 y., va hokazo. Kafedra jamoasi o’z istiqbol rejasida o’zbekiston FA va tarmoq institutlari bilan hamkorlikda “Fizikaviy muammolar” ilmiy tadqiqot markazini yo’lga qo’yishni ko’zda tutgan. Jumladan regiondagi ekologik jarayonlar (tuproq eroziyasi va nurlanish) ning fizikaviy va matematik diagnostika xaritasini tuzish xam shu markazning muxim vazifalaridan biridir. Kafedra qoshida magistratura faoliyat ko’rsatmoqda.

 

Hosted by uCoz