Dekan

Chet tillar fakulteti 1996 yilda tashkil topdi. Shu yili  ingliz va nemis tillari kafedrasi ,  1969   yilda esa fransuz tili kafedrasi faoliyatini boshladi.

         Fakultetga dastlab dots. YU. M. Gulkarev   , 1971  yildan-1979 yilgacha S.Saidov raxbarlik qildilar. 1974 yilda M.Sulaymonov , 1978 yilda G.Zikrillayev, Z.Toshev, I.Shukurovlar  filologiya fanlari nomzodi boldilar.1971 yilda birinchi marta S.Saidov va G.Zikrillayevning Nemis tili grammatikasi darsligi chop etildi. 1976 yildan S.Saidov  va M.Bozorovlarinnng Nemis-ozbekcha sozlashuv  kitobi chop etildi.

         1980  yillarda ingliz va nemis tillari  kafedralarida ilmiy darajali oqituvchilari soni keskin oshdi. M. Alimova , M,Baqoyeva, YE.Hamroyev, Y.Nurmurodov, M.Bozorov, S.Azimov, M.Narziyevalar fan nomzodlari boldilar.

         1979 yilning sentyabrida chet tillar fakulteti bilan ozbek filologiyasi fakulteti qoshildi.

         Dotsent T.qorayev  fakultetni boshqardi. Fakultet olimlari tomonidan onlab darslik va monografiyalar, oquv qollanmalari, yuzlab maqolalar chop etildi. Fakultet olimlari chet ellarda malaka oshirib  qaytdilar. Masalan: S.Saidov , Z.Toshev, M.Bozorov, S.Azimov, Y.Nurmurodov, D.Karimova, S.Salimov, S.Davlatov- Germaniyada, M.Alimova, N.Kurbanova-Angliyada ,N.Bakoyev-Fransiyada bir nechta oqituvchilar AKSH, Malaziya va boshka mamlakatlarda malakalarini oshirib qaytdilar.

         onlab talabalar AKSH, Angliya, Germaniya ,Fransiya , Italiya, Xitoy , Hindiston , Misr va boshka davlatlarda bilim olayaptilar.

         1993 yil chet tillar bolimi rus filologiyasi fakulteti  bilan qoshildi. Dotsent M.Bozorov dekan etib saylandi. 1996 yil fakultet filologik markazga aylantirildi va dots.  B.YA.Axmedov markaz direktori etib tayinlandi.

         1999 yildan markaz tugatilib fakultetga aylantirildi va dots.  M.Alimova dekan etib tayinlandi.

         2002 yildan boshlab dots.    M.Bozorov fakultetga raxbarlik qilmoqda.

 
Hosted by uCoz