Buxoro Davlat universiteti istiqlol farzandi sifatida sobiq pedagogika  instituti negizida bunyodga kelgan esa-da, aslida o’z sarchashmasini  712-713 yillarda Buxoro Arki ichida ilk bor qurilib, boshda ham maktab, xam madrasa vazifasini bajargan masjidi  Jome’dan, qolaversa VIII asrning o’rtalaridayok musulmon olamida ilk bor bunyod etilib, 937 yilgi katta yongindan talofot ko’rgan Farjak madrasasidan olgan. Shunisi kuvonchliki, xozirgi  musulmon olamining  nufuzli qadimiy dargohlari sanalib, 972 yilda ochilgan qohiradagi Al-Ahzar 1085 yili Bog’ododda ish boshlagan  Nizomulmulk madrasalari, shuningdek, Eronu Iroq ,Suriya, Kichik Osiyo, Misr va Islom  dunyosining boshka o’lkalarida shunday oliy musulmon maktablari  Buxorodagi Forjak madrasasidan keyin undan andoza olgan holda  bunyod etilgan. Bu silsilada 1088 yildan 1877 yilgacha faoliyat ko’rsatgan Rarbiya madrasasi , XIII-XIV  asrlarda  faoliyat ko’rsatgan dorulomon madrasasi 14 va ulardan keyingi tarixiy jarayondan 1417 yilda  qurilgan Ulug'obek madrasasi, xususan, 1535 yilda ishga tushirilib, islom olamida  alohida nufuz hosil qilgan Miri Arab,1652  yilda  ish boshlagan Abdulazizxon madrasasi, shuningdek Abdullaxon, Nodir devonbegi, Ko’kaldosh  madrasasalari     ayricha mavqyega ega bo’lishgan. Tarixiy  manbalarda qayd  etilishicha, Buxoroyi Sharifda  to 1920 yilgi to’ntarishgacha  127 madrasa  faoliyat ko’rsatgan,  ularda uch mingdan 10 mingtagacha  olim va tolibul ilm saboq olgan. Shunisi, faxrlanarliki, o’tmishda  butun musulmon olamida 2500 yilligini nishonlagan Buxoroyi Sharifning madrasalarida saboq olish sharaf sanalgan. Ularda turli davrlardan Buxoroni olamshumul iftixorga burkagan islom olamining buyuk hadisshunosi Imom Ismoil al-Buxoriy, Islom qonunshunosligi – fiqxning  asoschisi Abu Hafs Kabir, komusiy bilimlar sohibi , buyuk mutafakkir Abu Ali  ibn Sino , buyuk muarrixlar Abu Bakr Muxammad ibn Ja’far Narshaxiy  va Hofiz Tanish Buxoriylar, buyuk mutasavvuflar Abdulxolik Gijduvoniy , Xoja Orif ar-Revgariy,Bahouddin Naqshband, musulmon sharkida bolalarga mo’ljallab yozilgan “Chor kitob” ning muallifi, buyuk muallim Sharafiddin Buxoriy , “Shoshmaqom” ning buyuk nazariyotchisi Najmiddin Kavkabiy, fors-tojik tazkiranavisligining asoschisi Jalolidin Muhammad Avfiy Buxoriy, zabardast shoirlar Am’aq Buxoriy, Xoja Ismat Buxoriy , Abdurahmon Mushfiqiy ,Mulham Buxoriy , Sayfiy Buxoriy , Xayoliy Buxoriy , Poshshoxoja, Hasanxoja  Nisoriy, qul Ubaydiy, Turdi Farog’iy , Mujrim Obid, Rahmatulla Vozeh, otashin ma’rifatparvar  Ahmad Donish , Abdulqodir Savdo , Shamsiddin Shohin , Sadriddin Ayniy , Abdurauf Fitratlar katorida fors-tojik adabiyotining    sardaftari Abu Abdulloh Rudakiy, turkiy xalklarning buyuk obidasi “Devonu lugotit turk”ning muallifi  Mahmud Koshgariy , arab tilshunosligining otasi , xorazmlik Maxmud az-Zamaxshariy , nishopurlik buyuk ruboiynavis va matematik Umar Xayyom, turkman mumtoz  adabiyotining asoschilari  Maxtumquli va Berdi Kerboboyev , shuningdek, buyuk uzbek shoirlari Muxammad Aminxo’ja Muqimiy va Ergash Jumanbulbul o’g’li singarilar tahsil ko’rishgan.

Ming yillar davomida  ilm-fan, madaniyat , adabiyot va san’at markazi  va maskani bo’lib, jahonga shuhrat qozongan Buxoroyi Sharifda zamonaviy oliy o’quv yurti  tashkil etish harakati 1922 yilda amalga oshdi. o’sha yili Buxoro Xalq Jumxuriyati qarori asosida  ikkita – biri Buxoro shahrida ikkinchisi  Chorjo’yda xalq maorifi institutlari ish boshladi, ayni zamonda shu o’quv markazlari negizida dorilfunun tashkil etish g’oyasi kun tartibiga qo’yilgan edi. Bu g’oyaning tashabbuskorlari Fayzulla Xo’jayev  va Abdurauf Fitrat bo’lgan edilar. Biroq 1924 yilning 27 oktyabrida Buxoro Xalq Jumhuriyatinig tugatilganligi tufayli bu g’oya amalga oshmay qoldi. 1930 yilga kelib esa, Buxoroda Pedagogika Instituti   ochildi. Dastlab uning tarix-ijtimoiyot va kimyo-biologiya singari ikki bo’limi mavjud bo’lib, ularda 45 talaba qabul qilingan edi. 1931 yilda fizika-matematika bo’limi ochildi, keyinchalik o’sha bo’limlar fakultetlarga  aylantirildi, 1935 yilga kelib  uning tarkibiga ikki yillik o’qituvchilar instituti , shuningdek, tarix, fizika-matematika, tibbiyot-geografiya, o’zbek tili va adabiyoti . rus tili va adabiyoti bo’limlari faoliyat ko’rsata boshladi. Xuddi  shu yili uning huzurida Xorazm pedagogika instituti filial sifatida  tashkil etildi va keyinchalik mustakil o’quv maskaniga aylantirildi.

Ayniksa, ikkinchi jaxon urushi institutning  ilmiy –pedagogik  jamoasi uchun og’ir sinov yillari bo’ldi. Urushning dastlabki kunlaridayoq o’qituvchi professorlardan bir guruxi va 47 talaba  ko’ngillilar qatorida jangga otlandi, bu davrda ham ilm dargohida  o’qish-o’qitish va tadkikot ishlari davom etdi, kishilarni o’qishga jalb etish maqsadida G’ijduvon, Shofirkon va qarshida yangi filiallar tashkil etildi. 50- yillarda Termizda ana shunday filial ochildi, keyinchalik qarshi vaTermizdagi filiallar negizida mustaqil pedagogoka institutlari faoliyat ko’rsata boshlanadi. Shunisi kuvonchliki, ayni zamonda mustaqil o’zbekistonning yetakchi oliy o’quv maskanlari darajasiga ko’tarilgan Xorazm,qarshi  va Termiz  Davlat Universitetlari Buxoro Davlai Universiteti bag’rida ilk bor bunyodga kelgan edilar.

Ayniqsa, Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimiv tashabbusi bilan 1992 yilda viloyatlardagi bir qator Pedinstitutlar safida Buxoro Pedagogika instituti  ham Universitetga  aylantirilgach, imkoniyatlar yanada kengaydi. Buxoro Davlat Universiteti huzurida ayni choqda to’qqiz fakultet mavjud bo’lib, ularda  besh minggga yaqin talaba 24 ixtisos bo’yicha tahsil olmoqda. o’qish-o’qitish ishlari asosan davlat tili - o’zbek tilida bo’lib , rus,  ingliz, nemis, fransuz, arab va fors tillari  buyicha mutaxassislar tayyorlash xam yo’lga qo’yilgan. Ta’lim Xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi bosqichda – bakalavriat, magistratura , aspirantura va doktarantura yo’lida amalga oshirilmoqda.

Universitetda 52 kafedra bo’lib, ularda 37 nafar fan  doktorlari va professorlar, 192 nafar fan nomzodlari va dotsentlar bo’lajak mutaxacsislarga fan asoslarini o’rgatib kelmoqdalar . Universitetda fanning  istiqbolli yo’nalishlari sifatida optika,geliotexnika, tabiiy birikmalar kimyosi, hisoblash texnikasi, marketing, algebra,geometriya ,ornitologiya  tabiiy geografiya , biotexnologiya ,tuprokshunoslik,tarix manbaashunosligi – istiriografiya , tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, til o’qitish uslubshunosligi,xorijiy filologiya muammolari , pedagogika,psixologiya , jismoniy madaniyat  bo’yicha samarali natijalarga erishmokdalar. Universitet olimlari 1996 yilda o’zR  FAsi Buxoro ilmiy markazini tashkil etishda bosh-qosh bo’ldilar.

         Universitet huzurida  hisoblash markazi, 200 o’rinli ukish zaliga ega boy fundamental kutubxona, botanika bog’i, issiqxona xo’jaligi, planetariy , universitet tarixi muzeyi, o’quv-sport va rassomchilik, xaykaltaroshlik zallari, arxeologiya – etnografiya muzeyi, xarbiy mashqlar maydoni, stadion, agrobiologiya bo’linmasi , medpunkt, 50 o’rinli profilaktoriy,100 kishiga mo’ljallangan sport- sog’lomlashtirish  lageri , 800 o’rinli       5 ta oshxona  va 5 ta bufet mavjud, shuningdek, 1800 nafar talaba  va aspirant   ehtiyojini qondiradigan barcha imkoniyatlarga  ega yotoqxona  ishlab turibdi. Davlat tili va xorijiy tillarni o’rganishni xohlovchilar uchun  universitet qaramoYOiida Til markazi tashkil qilingan. Uch yildan beri universitet  huzurida yangi  tipdagi  tajriba bog’cha – gimnaziya ishlab turibdi.1997 yilda esabiznesmaktabi xam faoliyat ko’rsata boshladi.

Talabalar shaxarchasi

Iste’dodli yoshlarni talabalikka tanlash universitet jamoasining diqqat markazida turibdi. Shu maqsadda 80-yillarning  boshlaridayoq oliy o’quv yurtga kiruvchilar uchun tayyorlov bo’limi tashkil qilingan edi. Ayni choqda universitet  hududida shu bulim bilan birga iste’dodli yoshlarni oliy ta’lim olishga chorlovchi litsey – internat va ikki akademik litsey ishlab turibdi.

Universitet mamlakatimiz Fanlar akademiyasi qator ilmiy – tadqiqot  institutlari , o’zMU, SamDU, FarDU va viloyatlardagi boshka yetakchi oliy  o’quv yurtlari bilan birga xorijiy mamlakatlardagi yirik ilmiy maskanlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Bu jihatdan 1993 yilda Misr Arab Respublikasining Ayn ush Shams va1995 yilda Ali Askar Universitetlari , shuningdek, Saudiya Arab Respublikasining Er Riyod , Germaniyaning Shtutgard , Fransiyaning Sorbonna 3 va 5 , Buyuk Britaniyaning Redding universitetlari va Klderdams kolleji,  Rossiyaning Novosibirsk universiteti bilan shartnomalar tuzdi.

Universitetning Tashqi Aloqalar bo’limi mamlakatimizdagi xorijiy mamlakatlardan AQSH, Shveytsariya, Germaniya  , Fransiya, Buyuk Britaniya , Misr Arab Respublikasi, Hindiston elchixonalari , Tinchlik korpusi, KAFE, DAAD, Gyote instituti, AKSEM, Britaniya kengashi, PERSA, TASIS kabi   tashkilotlar , SOROS , Yevroaziya va Konrad Adinauer jamg’armalari  bilan aloka  o’rnatganki, universitetning 1999 yilda san’atchilari ta’sis etgan nishoniga sazovor bo’lishi buning yorkin e’tiboridir.  Ayni choqda istiqlol sharofati tufayli mustakilligini  qo’lga kiritgan jonajon  Vatanimiz – o’zbekiston Respublikasida  tubdan isloh  qilish va jahon andozalariga  muvofiqlashtirish   yo’lidagi ma’rifatparvarlik harakatining dastlabki samarali  va istiqbolli  natijalari sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Hosted by uCoz