Muqimov  Komil Muqimovich- Buxoro Davlat universiteti rektori, UzR FA  xaqiqiy a’zosi, fizika- matematika fanlari doktori, professor, 1940 yilda Buxoro viloyati Gijduvon tumanida tugilgan, uzbek.

         K.M.Mukimov 1957-1961 yillarda Urta Osiyo davlat univer- sitetining (xozirgi Uzbekiston Milliy universiteti) fizika- matematika fakultetida o'qigan. 1961-1964 yillarda Moskva davlat universitetining (MDU) fizika fakultetining talabasi.  1967-1975 yillarda ToshDU fizika fakultetining fizika kafedrasi asistenti, katta ukituvchisi va dotsent lavozimlarida ishlash bilan bir katorda fakultet qoshidagi “Optika” ilmiy laboratoriyasini tashkil etgan va boshqargan.

          Xozirgi kunda xam ToshDU koщidagi Amaliy fizika ilmiy - tekshirish instituti “Optika” laboratoriyasini jamoatchilik asosida boshqarib kelmoqda 1975-1992 yillarda ToshDU optika kafedrasi  mudiri, 1990 - 92 yillarda  esa  fakultet  dekani lavozimlarida ishlagan . 1998  yilda “ Ferromagnitik dielektriklardan magnito optok xodisalar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffakiyatli ximoya kilgan.

         1992 yil apreldan xozirgacha Buxoro Davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.

         K.Mukimovning ilmiy ishlari “Magnitooptika” soxasining eng fundamental va amaliy muammolariga bagishlangan. Uning ferromagnit dielektriklardagi magnitooptik xodisalarga, xususan, kuchli magnit maydonidagi nodir elementlar ionlar mavjud bulgan birikmalarning optik va magnitooptik xossalariga bagishlangan nazariy va amaliy tadkikotlari dunyodagi bir kator davlatlar ilmiy jamoatchiligi tomonidan yukori baxolangan. Uning ilmiy izlanishlari tufayli magnit xodisalar fizika si soxasida yangi yunalish “Kuchli magnit maydonida nodir elementlar magnitooptikasi” iomiy maktabi yaratildi. U boshkarayotgan Urta Osiyoda yagona  “Magnitooptika” ilmiy maktabining ishi Respublikamizda ilmiy xodimlar tayyorlash, ularning malakasini oshirishda uz samarasini bermokda. Bu maktab bazasi- da magnit xodisalari fizikasiga bagishlangan umumittifok konferensiyasi (1991) va simpoiziumlar utkazilgan (1972, 1975, 1977, 1987, 1989, 1997 yillarda). Mazkur anjumanlarda katnashgan turli mintakalardan kelgan tanikli olim va mutaxasislar Uzbekistonda “Magnit xodisalar  fizikasi” soxasida K.Mukimov raxbarligida kilinayotgan ishlarga yukori baxo beriщdi.

         K.Mukimov raxbarligida ximoya kilingan 12 ta nomzodlik va 2ta doktorlik dissertatsiyalari xam magnitooptika soxasining  dolzarb muammolariga bagishlangan.

         K.Mukimov xozirgi vaktda Samarkand davlat Universiteti koshidagi “Optika” mutaxasisligi va UzRFA “Issiklik fizikasi ” bulimi koshidagi  “Lazer fizikasi”, doktorlik dissertatsiyasi buyicha ixtisoslashgan kengashlarning a’zosidir. Kuplab doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalariga takriz yozib , ularga opponentlik kilmokda. U 200 dan ortik ilmiy makola va monografiyalar avtori.

         K.Mukimov faol jamoatchidir. U yoshlarda istiklol mafkurasini ilmiy- falsafiy dunyokarashni shakllantirishda faollik kursatib , yoshlar uchun “Fidoiylar” klubini tashkil kildi. Uning umumiy raxbarligida universitet professor-ukituvchilari uchun falsafiy seminar tashkil kilingan.

          K.Mukimov fan soxasida erishgan yutuklari uchun va yukori  malakali  ilmiy pedagogik kadrlar yetishtirishdagi mexnati uchun Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yerligi (1980) va Uzbekiston  Respublikasi Faxriy yerligi  (1990) , Oliy vaurta maxsus ta’lim vazirligining fidoyisi nishoni (1999) bilan mukofotlangan.

         2000 yil 3may Parij shaxrida universitet  rektori            K. M . Mukimov - ga bozor iktisodiyetiga utish  davrida  Buxoro Davlat universitetining dinamik rivojlanishi  va erishgan  yutuklari uchun Sanoatni qo'llab- quvvatlash Xalkaro assotsisiasining Oltin medali  topshirildi.

         K.M.Mukimov sofdil, intizomli vauz vazifasini vijdonan bajardi. turmushda  kamtar xamkasblari va jamoatchilik o'rtasida xurmatga sazovor  insondir.                                                        

 

Hosted by uCoz