Dekan

 

     XX asrning 30 yillarida tashkil qilingan. 60 yillargacha Buxoro Davlat Pedagogika instituti Tarix va geograf  fakulteti qashkadaryo va Surxandaryo viloyatlaridagi filiallari bilan   birga yuzlab tarixchi va geograf oqituvchilarni yetkazib berib kelgan .

       Fakultet ayniqsa mustaqillik yillarida yangi tarixiy tafakkur yolidan borib katta yutuqlarni qolga kiritmoqda.

         Bugungi kunda fakultetning kunduzgi va sirtqi bolimlarida 474 talaba oqiydi va ularga 30 dan ortiq professor-oqituvchilar dars bermoqda.

         Fakultet tarkibida 4 ta kafedra  ozbekiston tarixi, Tarixshunoslik va manbashunoslik, Jaxon tarixi, Geografiya kafedralari faoliyat yuritmoqda.

         Bundan tashqari Arxeologiya va Etnografiya muzeyi, Arab tili va madaniyatini organish markazi, olka tarixini organish markazlari ishlab turibdi.

         Fakultetda: Buxoro inqilobi  va qarshilik harakati  tarixi (1920-24 y) ozbek muxojirligi tarixi  Etnografiya va Buxoro geografiyasi yonalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

          Fakultet qoshida Vatan tarixi  mutaxassisligi  boyicha asperantura faoliyat korsatib yuqoridagi yonalishlar asosida  yuqori sifatli ilmiy qadrlar tayyorlashda xizmat qilmoqda.

          Fakultet olimlari Buxoro, Xiva va Termiz shaxarlarining 2500 yillik tarixini organish va yubileylarining otkazishda faol ishtirok etdi.

           Umar Rashidov Bux.DU. tarix-geografiya   fakultetining dekani tarix  fanlari nomzodi dotsenti.

             Umar Rashidov 1950 yil 1 oktyabrda Gijduvon tumanida tugilgan.

1968-73 yillarda B.D.P.I  Tarix-geografiya fakultetida oqidi. 1973 1977 yillari Gijduvon tumanidagi  11-son maktabida  oqituvchilik qildi.

         1977 yildan to hozirgacha BuxDU Tarix-geografiya fakultetida ishlamoqda.

         1997 yildan Xalqaro Amir Temur  jamgarmasi Buxoro viloyat bolimining ijrochi direktori va tarix geografiya fakultetining dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

         3 ta risola va 50 dan ortiq ilmiy maqola muallifi . Buxoro Respublikasida qarshilik (bosmachilik) harakati (1920-1924y) mavzusini davr talabi asosida organmoqda.

Hosted by uCoz