Dekan

     

 

 

 

 

 

 

Badiiy grafika fakulteti 1974 yilda         tashkil etilgan. Dastlab fakultetda bir      ixtisoslik va ikki kafedra (tasviriy  san’at , chizmachilik va chizma geometriya      kafedralari) mavjud edi.

   1992 yilda Buxoro Davlat pedagogika instituti Universitetga aylantirilgach, universitet rektori akademik K.M.Muqimov san’iy harakati bilan   fakultetda yangi ixtisoslik (“Amaliy  san’at”) va uchinchi kafedra (“Xalq amaliy bezak san’ati”) ochildi.

Hozirgi kunda fakultet ixtisosliklari bakalavriatining kunduzgi bo’limida 165, sirtqi bo’limida  135 talaba ta’lim tarbiya olmoqda. Talabalarga ixtisos fanlardan 1 professor (J.YO.Yodgorov), 1 fan doktori (S.F. Abdullayev), 7 fan nomzodi, dotsent  va 12 nafar tajribali o’qituvchi  saboq bermoqda . Fakultet o’quv va ilmiy jarayoniga Respublikamiz yetakchi mutaxassislari – tanikli musavvir  , professor M.Nabiyev , Kori Niyoziy  nomidagi  pedagogika  fanlari doktori R.Hasanov , “ustoz” badiiy jamg’armasi bosh direktori o’rinbosari dotsent K. qosimov va boshqalar jalb etilmoqda . 

Ixtisos fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar zamonaviy texnik vosita, asbob – uskuna bilan jixozlangan darsxona , ma’ruzaxona , kabinet va o’quv ustaxonalarida o’tkaziladi. Fakultetning “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedrasida 4 ta “Tasviriy san’at” kafedrasida 5 ta o’quv xonasi , “Xalq amaliy bezak san’ati” kafedrasida 6 ta o’quv ustaxonasi ishlab turibdi.

Ilmiy izlanishlar natijasida ularoq fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan 4 monografiya, 1 darslik ( prof. J. Yodgorov), 50 dan ortiq o’quv-usuliy qo’llanma va ko’plab ilmiy maqola chop etildi. 3 aspirant va bir necha tadqiqotchi dolzarb mavzularda ilmiy ish olib bormoqda.

Fakultet professor-o’qituvchilari ilmiy ishdan tashqari ijodiy faoliyat bilan shuYOo’llanadi. Ulardan ko’pchiligi xalqaro , Respublika va viloyat miqyosidagi ilmiy anjumanlar “Buxoro va jahon madaniyati ”, “Umrboqiy meros” va boshqalar  xamda badiiy ko’rgazmalar (Meksika , Suriya , Pokiston va hokazolar) da ishtirok etmoqda. 5 nafar o’qituvchimiz badiiy akademiya a’zosi.

Ma’naviy – ma’rifiy  ishlarimizning bosh maqsadi talabaarni axloqan pok, ma’nan barkamol , Vatan va istiqlol g’oyalariga sadoqatli , ruxan uygoq qilib tarbiyalashdan iboratdir. Fakultetda jixozlangan ma’naviyat  va ma’rifat xonasi mavjud. Unda  Prezidentimizning barcha asarlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida muhim adabiyet jamlangan.

Fakultet jamoasi xar yili  xo’jalik shartnomasi asosida 5 mln. so’mdan ortiq ish bajarmoqda. Universitet xazinasiga pul tushirishni yanada ko’paytirish maqsadida fakultet huzurida “Talaba” kichik korxonasi ochildi.

Bitiruvchilar chizmachilik , tasviriy san’at va badiiy mehnat bo’yicha o’qituvchilik kasbidan tashqari quyidagi hunarlarni egallaydi: naqqoshlik, ganch va yog’och uymakorligi, kashtado’zlik va bezakchi rassom. 2000-2001 o’quv yiliga kelib fakultetning bitirganlar soni 1800 dan   oshib ketdi. Fakultetni tugatgan talabalar bugungi kunda Respublikaning barcha viloyatida ta’lim-tarbiya muassasalari va halq xo’jaliginig turli sohasida xizmat qilmoqda.

  Fakultetimiz jamoasining asosiy vazifasi sifatli bakalavr va magistrlar yetishtirib kadrlar tayyorlash milliy dasturining 2 - bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashga munosib hissa qo’shishdir. Fakultetimiz moddiy texnik bazasining mustaxkamlanib,  professor-o’qituvchilar ilmiy – ijodiy saloxiyatining yuksalayetgani xamda fakultet  ixtisosliklarga  abituriyentlardan tushgan  ariza  soning yildan- yilga ko’payib   borayotgani  bu    mas’uliyatli      vazifani muvaffaqiyatli bajarish      uchun kafolat beradi.

 

 

Hosted by uCoz