Aloyev  Rahmatillo Djurayevich

 

    Informatsion texnologiyalar buyicha prorektor

 

 

     Aloyev R.D. 23 sentyabr 1959  yilda Buxoro viloyatining Buxoro rayonida tug’ilgan. 1976 yilda    Buxoro rayoniga qarashli Hamza nomli o’rta maktabni  tugatib, Toshkent Davlat Universitetining amaliy matematika va mexanika fakultetiga o’qishga kirdi. 1979 yildan  boshlab o’qishni Novosibirsk Davlat Universitetining mexanika – matematika  fakultetida davom etirdi.

      1981 yilda Universitetni muvaffaqiyatli tugatib, SSSR fanlar akademiyasi Sibir bo’limidagi matematika institutining aspiranturasiga kirdi. 1985 yilda 01.01.03 – matematik fizika va differensial tenglamalar mutaxasisligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1985-1990 yillarda Toshkent Davlat Universitetining amaliy matematika va mexanik fakultetida injener programmist, assistent,  katta o’qituvchi lavozimlarida ishladi. 1991-1994  yillarda Novosibirisk Davlat Universitetining doktoranturasida tahsil oldi. 1994 yilda 01.01.07 – hisoblash matematikasi mutaxasisligi bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo’limidagi hisoblash markazining ixtisoslashgan kengashida himoya qildi. 1994 yildan boshlab Buxoro Davlat Universitetida kafedra mudiri, professor, informatsion texnologiyalar bo’yicha prorektor lavozimlarida  ishlab kelmoqda. 50 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud.

 http:// www.mail.ru  

aloevr@mail.ru

 

Hosted by uCoz