Badiiy grafika fakulteti
dekani
Barot Azimov
Barot Azimov 1950 yilda Buxoro shaxrida
tug’ilgan.1973 yilda Buxoro Davlat pedagogika instituti Badiiy grafika
fakultetiga o’qishga kirdi. Shu fakultetni 1977 yilda a’lo bitirib, tasviriy
san’at kafedrasi o’qituvchisi sifatida ishga qoldirildi. Talabalik davrida
B.Azimov o’zini iktidorli , faol talaba sifatida namoyish etdi.
Fakultet yoshlari ijtimoiy harakati raxbari vazifasida ishladi, kurilish otryadi
boshlig’i bo’lib katta muvaffaqiyatlarga erishdi va davlat tomonidan
“Xurmat belgisi ” nishoni bilan taqdirlandi.
1984 yildan 1986 yilgacha “Tasviriy san’at” kafedrasi mudiri
bo’lib tayinlandi. 1986 yildan 1988 yilgacha institutning tadbirkorlik ishlari
bo’yicha prorektor lavozimida ishladi. 1988 yildan 1992 yilgacha Moskva davlat
pedagogika universitetida tadqiqotchi sifatida ilmiy ish safariga yuborildi.
1991 yil 21 martda ilmiy dessertatsiyasini muvvakiyatli himoya qilib
keldi. 1992 yildan 1998 yilgacha tasviriy san’at kafedrasi mudiri
lavozimiga saylandi. 1999 yil 16 noyabrdan badiiy grafika
fakulteti dekani etib tayinlandi. B. Azimov darslarni yukori ilmiy
darajada o’tkazadi, ilmiy ijodiy ishlar bilan faol shug’ullanmoqda.
Hozirgacha 25 dan ortiq maqola chop etgan, mutaxasislik fanlaridan 4 ta o’quv
qo’llanma chiqardi. Uzok yillar davomida Viloyat, Respublika ko’rgazmalarida
uz ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.