Bozorov
Muzaffar
Xorijiy filologiya fakulteti dekani,
filologiya
fanlari
nomzodi, dotsent.
Bozorov
Muzaffar 1949 yil 2 yanvarda Shofirkon
tumani Talisafed
qishlog’ida tug’ilgan.
1965-1970 yillarda
Toshkent davlat
chet tillar
instituti nemis
tili fakultetida
o’qigan.1971 yildan
beri nemis
filologiyasi kafedrasida
olmon tilidan
dars beradi. 1972-1974
yillarda Tsshkent
davlat chet
tillar instituti
qoshidagi ikki
yillik Oliy
Pedagogika kursini
imtiyozli bitirdi. 1976 yilda prof.S.
Saidov bilan
hamkorlikda “Nemischa
- o’zbekcha so’zlashuv
(T, 1976 yil)
kitobini nashr
ettirdi.
1980-83 yillarda
Toshkentda maqsadli
aspiranturada tahsil
oldi va
1985 yilda
filologiya fanlari
nomzodi ilmiy
darajasini olish
uchun dissertatsiya yoqladi .
1989 yilda
dotsentlik unvonini
oldi. Uning 40
ga yaqin
ilmiy maqolalari, undan
ortiq o’quv
va o’quv-uslubiy
qo’llanmalari chop etilgan.
Gyote
instituti bilan
hamkorlikda oliy
o’quv yurtlari
uchun yaratgan
“Nemischa-o’zbekcha matematik
lug’at” nashrdan
chiqish arafasida
turibdi. Hozir Germaniyaning Folsvagen
firmasi “Nemis
tili” darsligi
loyixasi ustida
ishlamoqda.
1992 yilda Mintaqada chet
tilarni o’qitish
markazi direktori ,
1993 yildan
chet tillar
fakulteti dekani, 1996-1999 yillar dekan
o’rinbosari , 1999-2001 yillarda
universitet o’quv-usuliy
bulim boshlig’i
lavozimlarda ishladi. 2002 yil yanvardan
boshlab xorijiy filologiya
fakulteti dekani
lavozimida ishlab
kelmoqda.