Azimov Samal Jabborovich uzbek filologiyasi fakulteti

dekani , filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

 

 

 

    S.J. Azimov  1950 yilda tug’ilgan. 1957 yilda Navoi viloyati qizil tepa  tumanidagi “Buxoro”  nomli o’rta  maktabni tugatib, Buxoro Davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro Davlat universiteti) xorijiy filologiya fakulteti nemis tili  bo’limiga o’qishga kirgan. Mazkur oliygoxni  1972 yilda a’lo baxolarda tugatib, nemis tili kafedrasida o’zining pedagogik faoliyatini boshlagan. 1974-1976 yillarda  Toshkent chet tillar instituti  (xozirgi jaxon tillari instituti) xuzuridagi Oliy kursni tugatgan.

S.J.Azimov Toshkent Davlat universiteti (Milliy universitet) “Tarjima nazariyasi” kafedrasida stajirovka va aspiranturani  o’tagan. F.F.doktori  prof. G’aybullo Salomov raxbarligida  1986 yilda “S.Ayniy ijodida bilingvizm va avto tarjima muammolari ” mavzuida nomzodlik  dissertatsiyasini yoqlagan. U o’z tadqikotida  Sharq va g’arbdagi ijodiy bilingvizm an’analarini qiyoslashi asnosida : 1) Ikki tillilik tarjima 2) avtotarjimaning xarakteri . uning “oddiy tarjimadan farqi” 3) avtotarjima zaruratini keltirib chiqaradigan omillar 4) S.Ayniy ijodini voyaga yetkazgan muxitda zullisonaynlik (ikki tillilik) an’anasi ta’siri  5) tarjima adabiy aloqa  kabi masalalarni  yoritishni maqsad kilib olgan. S.Ayniy  asarlarining ruscha, nemischa tarjimalarini  o’rganish orqali  ikki tilli adib ijodining boshka xalqlar tomonidan qabul qilinishi, tarjimonlar tutgan usul va uslublar keng tahlil qilingan.

S.J.Azimovning tadqiqot mavzuiga doir kitob va maqolalari chop etilgan. U Buxoro adabiy muxiti, Nakshbandiya tariqati va uning jaxoniy  shuxrati  bilan bog’lik bir necha maqollalar muallifidir.

  S.J.Azimov o’zbek tilidan tashqari  tojik, nemis , rus tillarini xam puxta egallagan. Olimning tojik, nemis, rus tillarida yozgan maqolalari  matbuotda chop etilgan.

S.J.Azimov Germaniyada malaka oshirib qaytgan. U badiiy matn taxlili, nemis tili stilistikasi, qiyosiy adabiyet, o’zbek adabiyeti , nemis adabiyoti fanlaridan talabalarga dars beradi. Ayni paytda 20-30 yillarda tojik, nemis , rus va boshka xorijiy tillardan uzbek tiliga kilingan tarjimalar taxlili bilan boglik ilmiy tadqiqot ustida ish olib bormoqda.
Hosted by uCoz