Kimyo – biologiya  fakulteti dekani

 M.YA.Ergashov

 

 

        Ergashev Mansur Yarashovich 1960 yil 6 avgustda Buxoro vilochti Jondor  tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy.1977 yilda o’rta maktabni tugatib, Buxoro Davlat pedagogika instituti  tabiatshunoslik  fakultetining kimyo-biologiya bo’limiga o’qishga kirgan va 1982 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. Muallimlik faoliyatini urta maktabdan boshladi. 1984 yildan Buxoro Davlat pedagogika instituti  kimyo kafedrasida avval katta laborant , so’ngra o’qituvchi  bo’lib ishladi.1988-90 yillar Moskva davlat pedagogika universiteti  organik kimyo kafedrasida izlanuvchi - tadqiqotchi , 1990-93 yillar mazkur oliygohda maqsadli aspiranturada tahsil oldi.

1993 yil Moskva davlat pedagogika instituti huzuridagi K.053.01.15 ixtisoslashgan kengashida 02.00.03-organik kimyo ixtisosligi bo’yicha “Oligoarilen fosfonitlar va ular metallokomplekslarning sintezi xamda xossalari ” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Nomzodlik himoyasidan keyin Buxoro davlat universiteti organik va fizkolloid kimyo kafedrasida assistent , katta o’qituvchi , dotsent , kafedra mudiri lavozimlarida ishladi.

1999-2002 yillar universitetda o’quv bo’limi boshligi vazifasida ishlab, o’quv jarayonini maqsadga muvofiq yulga qo’yish , ta’limda reyting tizimini  joriy qilish va uni takomillashtirishda munosib hissani qo’shdi. Ayni paytda kimyo-biologiya fakulteti dekani  lavozimida ishlamokda.

Hosted by uCoz