
XX asrning 30 yillarida tashkil qilingan. 60
yillargacha Buxoro Davlat Pedagogika instituti Tarix va geograf fakulteti
qashkadaryo va Surxandaryo viloyatlaridagi filiallari bilan
birga yuzlab tarixchi va geograf o’qituvchilarni yetkazib berib kelgan
.
Fakultet
ayniqsa mustaqillik yillarida yangi tarixiy tafakkur yo’lidan borib katta
yutuqlarni qo’lga kiritmoqda.
Bugungi kunda fakultetning kunduzgi va sirtqi bo’limlarida 474 talaba
o’qiydi va ularga 30 dan ortiq professor-o’qituvchilar dars bermoqda.
Fakultet tarkibida 4 ta kafedra o’zbekiston
tarixi, Tarixshunoslik va manbashunoslik, Jaxon tarixi, Geografiya kafedralari
faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari Arxeologiya va Etnografiya muzeyi, Arab tili va
madaniyatini o’rganish markazi, o’lka tarixini o’rganish markazlari ishlab
turibdi.
Fakultetda: Buxoro inqilobi va
qarshilik harakati tarixi (1920-24
y) o’zbek muxojirligi tarixi Etnografiya
va Buxoro geografiyasi yo’nalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Fakultet qoshida “Vatan tarixi”
mutaxassisligi bo’yicha
asperantura faoliyat ko’rsatib yuqoridagi yo’nalishlar asosida
yuqori sifatli ilmiy qadrlar tayyorlashda xizmat qilmoqda.
Fakultet olimlari Buxoro, Xiva va Termiz shaxarlarining 2500
yillik tarixini o’rganish va yubileylarining o’tkazishda faol ishtirok etdi.
Umar Rashidov Bux.DU. tarix-geografiya fakultetining dekani tarix
fanlari nomzodi dotsenti.
Umar Rashidov 1950 yil 1 oktyabrda G’ijduvon
tumanida tug’ilgan.
1968-73 yillarda B.D.P.I Tarix-geografiya
fakultetida o’qidi. 1973 –1977 yillari G’ijduvon tumanidagi
11-son maktabida o’qituvchilik
qildi.
1977 yildan to hozirgacha BuxDU Tarix-geografiya fakultetida ishlamoqda.
1997 yildan Xalqaro Amir Temur jamg’armasi
Buxoro viloyat bo’limining ijrochi direktori va tarix geografiya fakultetining
dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
3 ta risola va 50 dan ortiq ilmiy maqola muallifi . “Buxoro
Respublikasida qarshilik (bosmachilik) harakati” (1920-1924y) mavzusini davr
talabi asosida o’rganmoqda.