Dekan

Chet tillar fakulteti 1996 yilda tashkil topdi. Shu yili  ingliz va nemis tillari kafedrasi ,  1969   yilda esa fransuz tili kafedrasi faoliyatini boshladi.

         Fakultetga dastlab dots. YU. M. Gulkarev   , 1971  yildan-1979 yilgacha S.Saidov raxbarlik qildilar. 1974 yilda M.Sulaymonov , 1978 yilda G.Zikrillayev, Z.Toshev, I.Shukurovlar  filologiya fanlari nomzodi bo’ldilar.1971 yilda birinchi marta S.Saidov va G.Zikrillayevning “Nemis tili grammatikasi” darsligi chop etildi. 1976 yildan S.Saidov  va M.Bozorovlarinnng “Nemis-o’zbekcha so’zlashuv”  kitobi chop etildi.

         1980  yillarda ingliz va nemis tillari  kafedralarida ilmiy darajali o’qituvchilari soni keskin oshdi. M. Alimova , M,Baqoyeva, YE.Hamroyev, Y.Nurmurodov, M.Bozorov, S.Azimov, M.Narziyevalar fan nomzodlari bo’ldilar.

         1979 yilning sentyabrida chet tillar fakulteti bilan o’zbek filologiyasi fakulteti qo’shildi.

         Dotsent T.qorayev  fakultetni boshqardi. Fakultet olimlari tomonidan o’nlab darslik va monografiyalar, o’quv qo’llanmalari, yuzlab maqolalar chop etildi. Fakultet olimlari chet ellarda malaka oshirib  qaytdilar. Masalan: S.Saidov , Z.Toshev, M.Bozorov, S.Azimov, Y.Nurmurodov, D.Karimova, S.Salimov, S.Davlatov- Germaniyada, M.Alimova, N.Kurbanova-Angliyada ,N.Bakoyev-Fransiyada bir nechta o’qituvchilar –AKSH, Malaziya va boshka mamlakatlarda malakalarini oshirib qaytdilar.

         o’nlab talabalar AKSH, Angliya, Germaniya ,Fransiya , Italiya, Xitoy , Hindiston , Misr va boshka davlatlarda bilim olayaptilar.

         1993 yil chet tillar bo’limi rus filologiyasi fakulteti  bilan qo’shildi. Dotsent M.Bozorov dekan etib saylandi. 1996 yil fakultet filologik markazga aylantirildi va dots.  B.YA.Axmedov markaz direktori etib tayinlandi.

         1999 yildan markaz tugatilib fakultetga aylantirildi va dots.  M.Alimova dekan etib tayinlandi.

         2002 yildan boshlab dots.    M.Bozorov fakultetga raxbarlik qilmoqda.

 
Hosted by uCoz