Dekan

 

     

O’zbek  filologiyasi fakulteti  1933-1937 yillarda sobiq Buxoro Davlat pedagogika instituti tarkibida bo’lim sifatida o’z faoliyatini boshladi.1938 yilda mustaqil fakultetga aylantirildi. 1949-1970 yillarda tarix filologiya , 1970-1972 yillarda o’zbek filologiyasi va chet tillar , 1972-1978 yillarda o’zbek filologiyasi va tarix, 1973-1993 yillarda o’zbek filologiyasi va chet tillar , 1990-1999 yillarda o’zbek, tojik filologiyasi fakulteti nomlari bilan faoliyatini davom ettirdi va xalq xo’jaligi uchun yuqori malakali mutaxasislar tayyorlab berdi. 1995-1996 yillarda filologik o’quv markaziga qo’shildi. 1996 yilning 2- mayidan 1998-1999 o’quv yiliga qadar o’zbek, tojik filologiyasi fakulteti nomi bilan qayta shakllandi.

          1989-1999 o’quv yilida fakultetda yangi  ixtisoslikka tojik tili va adabiyoti bo’limiga talabalar qabul qilindi. Mazkur bo’lim o’n yil dovomida Buxoro , Farg’ona ,qashkadaryo, Surxandaryo va Toshkent viloyatlari uchun yuzlab tojik tili va adabiyoti muallimlari tayyorlab berdi.  1999 yilda ushbu bo’limning oxirgi talabalari xayotga yullanma olishi bilan fakultet o’zbek filologiyasi nomi bilan yuritila boshlandi.

          Fakultetda keyingi 30 yil davomida M.A. Abduraxmonov, T.qorayev, E. qilichev, R.Vohidovlar dekan vazifasini bajardilar. Xozir unga dots. S.J.Azimov rahbarlik qilmoqda.

           1933 yilda bo’lim huzurida o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi ish boshladi. 1945  yildan boshlab fakultetda o’zbek tilshunosligi xamda o’zbek adabiyoti kafedralari shakllandi. Mazkur kafedralarda turli yillarda adib va olim, professor Abdurauf Fitrat , akademik Vohid Abdullayev, taniqli olimlar  Miyon Buzruk Solihov, qayum Karimov, professor S.Aliyev, prfessor M.Yunusov, dotsentlar YA.Pinxasov, F.Ubayeva, R. Sayfullayev, K. Xayrullayev,

I. Shamsidinov, V.Egamberdiyev, E. Xusayinova , shoir va olim T.Hamid, professor T.qorayev, keksa murabbiylar V.Nosirov, O. Rashidov, dotsentlar O.R.Rasulova, M.X. qosimova, O. Safarov, R.Voxidov, G.Murodov, SH.Axmedova, keksa o’qituvchilar K.Baqoyev, M.Amirov, katta o’qituvchilar B.Barotov, O.Xo’jayeva,  A. Xonovlar til va adabiyot fanlaridan saboq beradilar.

 

           o’zbek tilshunosligi kafedrasiga prof.M.Mirzayev (1944-1977), prof.E.qilichev (1977-1982), prof. H.Ne’matov(1982 yildan hozirga qadar), o’zbek adabiyoti kafedrasiga prof. S.Aliyev(1945, 1953, 1957-1963,1977-1988), dotsent A. Abdullayev (1954-1957), dots. T. Hamid (1963-1965), dots. O Rasulova (1965-1966), dots. T.qorayev (1967-1972), dots. R.Vohidov(1972-1977) va prof.

O Safarov (1988 yilning mayidan hozirga qadar ) mudirlik qildilar. Fakultet jamoasi o’quv tarbiya jarayoni bilan birga jiddiy ilmiy foaliyat bilan xam shug’ullandi. 40- yillarning oxiriga kelib M.Mirzayev , S Aliyev , M.Yunusov . 50-60 yillarda YA.Pinxasov, F.Ubayeva, X.Zikriyayeva,R.Sayfullayev, A.Abdullayev, T Hamid , S.Panchenko , M.Abdurahmonov , O.Rasulova, M.qosimova, I.Shamsiddinov , T.qorayevlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya  qildilar. Ularning qator ilmiy maqola va risolalari Respublika matbuotida bosilib chiqdi. 1965 yilda M.Mirzayev, 1974 yilda esa S.Aliyevlar doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli  himoya qildilar. Bu nafaqat fakultet , balki pedagogika instituti  ilmiy xayotida xam katta voqyea edi .

         60 - yillarning o’rtalarida fakultet jamoasini safi X.G.Ne’matov , E.G.qilichev, O.Safarov ,G. J. Voxidov kabi iste’dodli yoshlar bilan boyidi va ular nomzodlik dissertatsiyalarini muvafaqiyatli himoya qildilar.80-90 yillarda X.Ne’matov, O.Safarov ,G.J.Vohidov  A.G’ulomov I.G’aniyevlar filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildilar.

90-yillarda filologiya fanlari nomzodlari  T.qorayev, E qilichevga

professor ilmiy unvoni berildi.

         70-yillarda prof. M.M. Mirzayevga “o’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi”, keyinchalik prof. S.A, Aliyevga   “o’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi”, prof. X.G.Ne’matovga “o’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvonlari berildi. T. qorayev , O. Safarov o’zbekiston Yozuvchilar, O. Safarov va G. Murodovlar esa Respublika jurnalistlari uyushmasi a’zolaridir.

         1992 yilda sobiq o’zbek adabiyoti kafedrasi negizida 2 mustakil adabiyot kafedralari shakllandi: XX asr o’zbek adabiyoti va folklyor (mudiri prof. O. Safarov) xamda o’zbek adabiyoti tarixi (mudiri prof. R. Voxidov). Keyingi kafedra a’zolari safiga D. Karimova, X. Safarova, M. Olimov, R. Bobokolonov, X. Eshonqulov, G.Boltayeva, Z. Amonova, N. Bozorovalar qo’shildilar.

         XX asr o’zbek adabiyoti va folklor kafedrasi safi xam D.Rajabov, D.Urayeva, SH. Sulaymonov, Y. Raxmatov singari umidli yoshlar bilan to’lishdi, dots. G.N. Murodov esa doktorlik ishini himoya qilish arafasida turibdi.

          Respublika va xamdo’stlik davlatlari uchun xam yukori malakali ilmiy xodimlar tayyorlash yo’lida fidoiylik ko’rsatayotgan jamoaning 100 dan ziyod  ilmiy risola,  qo’llanma bepul lug’at va dasturlari davlatimiz va uning sarxadlaridan olisdagi fan ahli tomonidan e’tirof etilgan. 80-yillarning boshidayok o’zbek tilshunosligi kafedrasida sistemaviy tilshunoslik maktabi shakllandi. Folklor va hozirgi o’zbek adabiyoti, tasavvuf va o’zbek mumtoz adabiyoti kafedralari xam yetakchi ilmiy muassasa sifatida Respublikada e’tirof etilmoqda. Folklor va hozirgi o’zbek adabiyoti kafedrasida o’zbek xalq og’zaki ijodi, hozirgi badiiy adabiyotning  dolzarb nazariy masalalari   yo’nalishida, Tasavvuf va o’zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi  esa  Alisher Navoiyning o’zbek xamda tojik tilidagi asarlarining manbalari , badiiyati , ilohiy  irfoniy oxanglari , yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

         80 - yillarning oxirida o’zbek tilshunosligi , o’zbek  adabiyoti tarixi, 

XX asr o’zbek adabiyoti va folklor kafedralari huzurida kunduzgi asprantura ish boshladiki , hozirgi kunga qadar talay ilmiy xodimlar shu tahsil orqali nomzodlik ilmiy darajasini olishga muyassar bo’ldilar. 1998 yilning  oxiriga kelib  o’zbek tilshunosligi , o’zbek adabiyoti tarixi , (2000 yilning fevralidan “Tasavvuf va o’zbek mumtoz adabiyoti”) , 20 - asr  o’zbek adabiyoti va fol’klor (1999 yilning oxiridan “Fol’klor va hozirgi o’zbek adabiyoti ”) kafedralari huzurida kunduzgi doktorantura ish boshladi. D. Mengliyev , M.Olimov , D.Urayeva , SH.Hayitov, N.Afokova , B.qilichov, X.Eshonqulov, D.Rajabovlar qaldirg’och doktorantlar sifatida ilmiy ish bilan shug’ullanmoqdalar.

         Fakultet jamoasi hamdustlik davlatlardagi bir qator Ilmiy markazlar, o’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyet instituti , Adabiyet muzeyi , sharqshunoslik instituti , shuningdek, davlatimizdagi deyarli barcha oliy ukuv yurtlarining tegishli kafedralari bilan qizg’in ilmiy hamkorlikda o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

         Oradan kechgan 70 yil davr ichida fakultet bitiruvchilari o’rtasidan xalq xo’jaligining  turli sohalarida jonbozlik ktrsatgan taniqli davlat va jamoat arboblari, Respublikada xizmat ko’rsatgan o’qituvchilar , xalq maorifining xaqiqiy fidoyilari yetishib chiqdi. Jamoamiz Beruniy nomidagi RESPUBLIKA Davlat   mukofotining sohibi, filologiya fanlari doktori , prof.T.Mirzayev ,o’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi , falsafa fanlari doktori , prof. M.N.Boltayev ,Halkaro Ahmad Yassaviy  mukofoti sovrindorlari , filologiya fanlari doktorlari I.Haqqulov, I.G’aniyev ,o’zbekiston halq shoiri J.Kamolov, o’zbekiston xalq yozuvchisi N.Aminov  kabi yuzlab iste’dodli bitiruvchilari bilan haqli ravishda faxrlanadi va ular safini yanadi boyitish uchun jonbozlik ko’rsatadi.

         Fakultet yetakchi olimlarining bevosita raxbarligi ostida 40 dan ortiq fan nomzodlari va 4 ta fan doktorlari  tayyorlandi. Bu soxada prof. X.G.Ne’matov va u raxbarlik qilayotgan kafedraning tajribalari e’tiborga loyiqdir. Mazkur kafedra Respublika o’rta umumiy ta’lim maktablari uchun ona tili dastur xamada darsliklari yaratishning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi. Prof.  X.Ne’matov rahbarligida yozilgan 5-8 sinflar uchun ona tili darsliklari sinovdan muvaffaqiyatli o’tayotir.

         Fakultet jamoasining SH.Xayitov, D.Karimov, SH.Axmedova, D.quvvatova, N.Afoqova, D.Rajabov, M.Abuzalova, B.qilichev, S.Nazarova, G.Ne’matova, YU.Azimov, K.To’qsonov, G.Boltayeva, X.Eshonkulov kabi iste’dodli fan nomzodlaridan umidi katta.

         Istiqlolday uluYO ne’mat va dono yurtboshini sarvarligidan baxra olayotgan fakultet jamoasi ustaqillikni yanada mustahkamlash yo’lidan barcha imkoniyatlarini safarbar kilishga kamarbastadirlar.

Hosted by uCoz