Buxoro davlat
universiteti (sobiq pedagogika instituti tengdoshi) bo’lgan kimyo-biologiya
fakultetida 3 yo’nalish (5440400-kimyo, 5420100-biologiya, 5850200-ekologiya
va tabiatdan foydalanish) bo’yicha 379 nafar bo’lajak bakalavrlar ,
shuningdek, 5A440403 - organik kimyo, 5A 420102-zoologiya, 5A 440401
noorganik kimyo mutaxasisliklari buyicha 9 nafar magistrantlar tahsil olmoqda.
Fakultetning
5 ta kafedrasidagi 31 nafar professor o’qituvchining 6 nafari fan doktorlari
va professorlari , 18 nafari esa fan nomzodlari va dotsentlaridir.
Fakultet
o’quv jarayoni , o’quv – usuliy , ilmiy – tadkikot , ma’naviy –
ma’rifiy va kafedralarning moddiy – texnika bazasini mustahkamlash
borasidagi ishlar o’zbekiston
Respublikasi mustakillikka erishib , sobiq Buxoro davlat pedagogika instituti
negizida Buxoro davlat universiteti
tashkil qilingandan so’ng ayniqsa. Tez suratlar bilan rivojlandi.
1992
yilning avgustida kimyo kafedrasi negizida “Umumiy va anorganik kimyo”(1999
yil 1 sentyabrdan “Umumiy kimyo”) xamda “Organik fizikoloid kimyo”
kafedralari tashkil kilindi.
“Umumiy
kimyo” kafedrasida kimyo fanlari
doktori , professor O.M.Yoriyev raxbarligida
2 yo’nalishda : “Tarkibida azot , oltingugurt, kislorod va galogen tutgan
geteroxalqali birikmalar asosida
akril monomerlar sintezi, ularning gomo va sopomerlanish konuniyatlarini , fizik
– kimyoviy xususiyatlarini o’rganish” va “Geteroxalqali akril polimerlar
asosida kompozitsion materiallar yaratish va ularni
tuqimachilik va ko’pchilik sanoatida qo’llash” mavzularida ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Kafedra
“Yukori molekulali birikmalar kimyosi ” mutaxassisligi bo’yicha 1992 yilda
aspirantura ,2000 yilda esa doktorantura ochildi. Hozir kafedrada 3 doktorant va
5 aspiran taxsil olmoqda. 1999 yildan buyon prof.Yoriyev raxbarligida besh kishi
nomzodlik dissertatsiyalarni muvafaqiyatli himoya qilib tasdig’ini olishdi.
Prof.
Yoriyev raxbarligida “Jondor ” shampuni , etil spirt , kraxmal, osh tuzi ,
bo’r ishlab chiqarish texnologiyalari yaratildi. Tabiiy va sintetik polimerlar
kompozitsiyalar texnologiyasini
ishlab chiqish mavzusi 2002 yil e’lon qilingan UzR FTDK tanlovi g’olibi deb
topildi va Davlat granti bilan taqdirlandi.
Umumiy
kimyo kafedrasi professor-o’qituvchilari 2 ta darslik, 25 dan ortiq usuliy
qo’llanma , 500 dan ziyod ilmiy
maqola nashr qildirdilar.
Organik
va fizkolloid kimyo kafedrasi,
professor-o’qituvchilari “ o’zbekistonda o’sadigan ba’zi bir dorivor
o’simliklarning alkaloidlari va efir moylarini
o’rganish”, “Buxoro va Navoiy
viloyatlari ayrim carmoyalarning kimyoviy tarkibi, absorbsion hamda
katalitik xossalarini o’rganish” va “1,2,3-tiadiazollar tetrakarbonilli
birikmalar asosida geteroksiklik ligandllarning
oraliq metallar bilan kompleks birikmallarning sintezi, tuzilishi va xossalarni
o’rganish ” mavzulari buyicha ilmiy – tadqiqot ishlari olib bormoqda.
Kafedra
a’zolarining 10 dan ziyod darslik va o’quv qo’llanmalari , shuningdek
ko’p sonli ilmiy va ilmiy – uslubiy maqolalari Rossiya xamda Respublikamiz
jurnallarida chop etilgan.
Zoologiya
kafedrasi Urta Osiyeda va uning sarxadlaridan tan olingan o’zbekiston
Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi , biologiya fanlari doktori, prof.
Abdullayevning ixtiologiya maktabi
vujudga keldi Bu olimning raxbarligida Xasanov , Ergashev, Usmonova, Abdullayev
, Sayfullayev kabilar baliqshunoslik soxasi bo’yicha nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qildilar.
Biologiya
fanlari doktori Baqoyev raxbarligida ornitologiya soxasi bo’yicha
ilmiy – tadqiqotlar rivojlanmoqda. Kafedra professor –
o’qituvchilar (Abdullayev M.O., Baqoyev SB, Saidov AB, va boshqalar) talabalar
uchun mo’ljallangan “Umurtqali xayvonlar zoologiyasida dala o’quv
amaliyeti ”, “Genetikaga doir masalalar va ularni yechish” kabi o’quv
qo’llanmalarni Abdullayev M. va A.X. Saidov maktab o’quvchilari uchun
zoologiya sinov darsligini , shuningdek ko’plab monografiya va ilmiy
maqolalarni chop ettirdi.
1998
yilda kafedra qoshida zoologiya mutaxassisligi bo’yicha aspirantura va 2001
yilda magistratura ochildi.
Botanika
kafedrasi qoshida 1995 yilda
“Biotexnologiya muammolari” ilmiy tadqiqot labaratoriyasi ochildi.
Laboratoriyada botanika kafedrasi mudiri , biologiya fanlari doktori S.B.
Bo’riyev raxbarligida “Buxoro viloyatidagi oqava va kollektor suvlarini tozalash
biotexnologiyasini yaratish va ulardan xalq xo’jaligida foydalanish”
mavzusida tadqiqotlar olib
borilmoqda.
2001
yilda ekologiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada yuksak o’simliklar va
umurtqa pog’onali hayvonlarning ekologo-biologik xususiyatlarini o’rganish
bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Fakultet
kafedralarining o’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
institutlari , o’zbekiston va Hamdustlik mamlakatlarining yetakchi Oliy
o’quv yurtlari bilan aloqalari va hamkorligi kengaymoqda.
o’eR
Fa kimyo. o’simlik moddalari kimyosi, polimerlar kimyosi va fizikasi,
zoologiya , botanika va mikobiologiya institutlari , o’zbekiston Milliy
universiteti va Samarqand Davlat
universitetlarining kimyo hamda biologiya fakultetlari , Moskva Pedagogika
universitetining organik kimyo kafedrasi, Sank-Peterburg Davlat universitetining
kimyo va ilmiy – tadqiqot instituti , Sank-Peterburg Xarbiy tibbiy
akademiyasining kimyo kafedrasi, Rossiya fanlar akademiyasining umumiy va
anorganik kimyo instituti, Turkmaniston Davlat Pedagogika instituti bilan
hamkorlik qilinmoqda.
Keyingi
20 yildan buyon har yili fakultetning iqtidorli talabalari Respublika kimyo
olimpiadalarida shaxsiy xisobda sovrinli (1-3 ) o’rinlarini egallab kelmoqda.
Mustaqillik
yillarida fakultetda talabalar bilimini baxolashda reyting , test, tayanch
tushunchalariga asoslanib yozma ish usullaridan samarali foydalanilmoqda.