Badiiy grafika fakulteti 1974 yilda
tashkil etilgan. Dastlab fakultetda bir ixtisoslik
va ikki kafedra (tasviriy sanat , chizmachilik va chizma geometriya
kafedralari) mavjud edi.
1992 yilda Buxoro Davlat pedagogika instituti Universitetga
aylantirilgach, universitet rektori akademik K.M.Muqimov saniy harakati bilan
fakultetda yangi ixtisoslik (Amaliy sanat) va uchinchi kafedra
(Xalq amaliy bezak sanati) ochildi.
Hozirgi kunda fakultet ixtisosliklari bakalavriatining kunduzgi bolimida 165, sirtqi bolimida 135 talaba talim tarbiya olmoqda. Talabalarga ixtisos fanlardan 1 professor (J.YO.Yodgorov), 1 fan doktori (S.F. Abdullayev), 7 fan nomzodi, dotsent va 12 nafar tajribali oqituvchi saboq bermoqda . Fakultet oquv va ilmiy jarayoniga Respublikamiz yetakchi mutaxassislari tanikli musavvir , professor M.Nabiyev , Kori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari doktori R.Hasanov , ustoz badiiy jamgarmasi bosh direktori orinbosari dotsent K. qosimov va boshqalar jalb etilmoqda .
Ixtisos fanlaridan maruza va amaliy mashgulotlar zamonaviy texnik
vosita, asbob uskuna bilan jixozlangan darsxona , maruzaxona , kabinet va
oquv ustaxonalarida otkaziladi. Fakultetning Chizma geometriya va
chizmachilik kafedrasida 4 ta Tasviriy sanat kafedrasida 5 ta
oquv xonasi , Xalq amaliy bezak sanati kafedrasida 6 ta oquv
ustaxonasi ishlab turibdi.
Ilmiy izlanishlar natijasida ularoq fakultet professor-oqituvchilari
tomonidan 4 monografiya, 1 darslik ( prof. J. Yodgorov), 50 dan ortiq
oquv-usuliy qollanma va koplab ilmiy maqola chop etildi. 3 aspirant va
bir necha tadqiqotchi dolzarb mavzularda ilmiy ish olib bormoqda.
Fakultet professor-oqituvchilari ilmiy ishdan tashqari ijodiy faoliyat
bilan shuYOollanadi. Ulardan kopchiligi xalqaro , Respublika va viloyat
miqyosidagi ilmiy anjumanlar Buxoro va jahon madaniyati , Umrboqiy
meros va boshqalar xamda badiiy
korgazmalar (Meksika , Suriya , Pokiston va hokazolar) da ishtirok etmoqda. 5
nafar oqituvchimiz badiiy akademiya azosi.
Manaviy marifiy ishlarimizning
bosh maqsadi talabaarni axloqan pok, manan barkamol , Vatan va istiqlol
goyalariga sadoqatli , ruxan uygoq qilib tarbiyalashdan iboratdir. Fakultetda
jixozlangan manaviyat va
marifat xonasi mavjud. Unda Prezidentimizning
barcha asarlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida muhim adabiyet
jamlangan.
Fakultet jamoasi xar yili xojalik
shartnomasi asosida 5 mln. somdan ortiq ish bajarmoqda. Universitet
xazinasiga pul tushirishni yanada kopaytirish maqsadida fakultet huzurida
Talaba kichik korxonasi ochildi.
Bitiruvchilar chizmachilik , tasviriy sanat va badiiy mehnat
boyicha oqituvchilik kasbidan tashqari quyidagi hunarlarni egallaydi:
naqqoshlik, ganch va yogoch uymakorligi, kashtadozlik va bezakchi rassom.
2000-2001 oquv yiliga kelib fakultetning bitirganlar soni 1800 dan oshib ketdi. Fakultetni tugatgan talabalar bugungi
kunda Respublikaning barcha viloyatida talim-tarbiya muassasalari va halq
xojaliginig turli sohasida xizmat qilmoqda.